Jonli ijro (Navo TV special "live performance")
~ Release by Lola Ahmedova (see all versions of this release, 1 available)
Annotation
Dilrabo taronalar ijrochisi — Lola Ahmedova
U xonish qilganda ayol qalbining eng nozik ohanglari dil torlarini chirtib oʻtadi. Uning nafosatga boy ijrosi qalblarda ezgu havaslar uygʻotadi. Gahida yurtimiz goʻzalligidan koʻngli faxru iftixorga toʻlib, "Oʻzbekistonim!" deya baralla kuylasa, gohida otashin muhabbat va armonli sadolari bilan dillarni maftun etadi.
Xonandaning repertuari juda boy, har bir taronasi oʻziga xos va betakror. Sanʼatkorning asl maqsadi ham shu: muxlislar qalbiga maʼnaviy zavq ulashish va ularni sanʼat sehri bilan bahramand etishdir.
Bu yorqin taʼriflar egasi — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Lola Ahmedovadir.
Sanʼat yoʻli va muvaffaqiyatlar
Tavalludi: Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida, sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan.
Taʼlimi: Maktab tadbirlaridayoq qoʻshiq kuylab yurgan yosh qizaloq, keyinchalik Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻqishga kiradi. U yerda ustozlari Gulshod Otaboyeva va Dilorom Omonullayevalardan sanʼatning sir-asrorlarini astoydil oʻrganadi.
Ideal ijrochisi: Oʻzbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevani oʻzining sevimli xonandasi deb biladi.
Insoniy sifati: Ilk bor 2001-yilda katta sahnaga qadam qoʻygan xonanda, odamlarda eng birinchi navbatda samimiylikni qadrlaydi.
Davlat mukofotlari
Xonandaning betakror isteʼdodi va mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan:
2004-yil — "Nihol" davlat mukofoti sovrindori.
2010-yil — "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni.
Navobaxsh ohanglar dilingizni yorugʻ tuygʻularga oshno etsin. "Jonli ijro" loyihasida Lola Ahmedova ijrosidagi dildosh qoʻshiqlar sizga unutilmas damlarni taqdim etadi degan umiddamiz. Tamosha qiling va maʼnaviy hordiq oling!
Tracklist
| 1Digital Media | |||
|---|---|---|---|
| # | Title | Rating | Length |
| 1 | Sog'indim-da
| ?:?? | |
| 2 | Dag'larda duman go'zaldir
| ?:?? | |
| 3 | Ikki daraxt
| ?:?? | |
| 4 | Mavrigi
| ?:?? | |
| 5 | Tanovor
| ?:?? | |
| 6 | Dele divooneh, dele kuchulu
| ?:?? | |
Credits
Release
| stream for free: | https://audiomack.com/karaokenova/album/jonli-ijro-1 [info] |
|---|---|
| stream video for free: | https://www.youtube.com/watch?v=zaFrZfasaqk [info] |
Release group
| discography entry: | https://audiomack.com/karaokenova/album/jonli-ijro-1 [info] |
|---|
Play on ListenBrainz